03 okt 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Dvalishvili Sendxagendan so'ng kim bilan jang qilmoqchi?
UFC chempioni Merab Dvalishvilining murabbiyi Jon Vudning aytishicha, Merab Dvalishvili bir yilda to'rtta jang o'tkazishga tayyor.
"100 foiz shubha yo'q. U Korini mag'lub etganidan so'ng yana jang qilgisi kelib qoladi. Agar u kutilmagan jarohat olgan taqdirda ham, oktagonga chiqishga urinib ko'radi. Agar u sog' bo'lsa - dekabr. U shuni rejalashtirmoqda. Agar bu odam nimagadir qaror qilsa, buni albatta amalga oshiradi", - dedi Vud.
Eslatib o'tamiz, Dvalishvili 5 oktyabr kuni Kori Sendxagenga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar