03 okt 17:06
Yangiliklar

Magomed Ankalaev qaysi jangdan so'ng faoliyatini yakunlashni istaganini aytdi
U 2018 yilning mart oyida shotlandiyalik Pol Kreygga mag'lub bo'lgan jangini esladi. O'shanda Ankalaev so'nggi soniyalarda taslim bo'lib, imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
"Men eng katta ligadagi eng yomon mag'lubiyatni qabul qilganman desak bo'ladi. Jang tugashiga soniyalar qolganida taslim bo'lganman. Bu mag'lubiyat hayotimni o'zgartirib yubordi. Avvaliga qiyin bo'ldi. Men bir oy davomida odamlarga ko'rinmay yurdim. Endi jang qilmasam kerak deb o'ylagandim. Keyin esa gap faqat o'zimda emasligini tushundim. Men qo'limdan kelganini qildim. Barchasi Yaratganning irodasiga bog'liq. Mashg'ulotlarga qaytdim, sport zaliga kelib, borimni berdim. Barchasini sport zalda qoldirdim va natijalarga erishdim", - dedi Ankalaev.
Fikrlar