02 fev 11:01
Yangiliklar
Bugun, 02.02.2020da Olimpiada chempioni bo'ydoqlik bilan xayrlashadi
Bunday kun oxirgi marta 909 yil avval sodir bo'lgan ekan. Bunday raqamlarda ifodalangan sananing yozilishi boshdan oxiriga qarab ham, oxiridan boshiga qarab ham bir xil o'qiladi.
Aynan mana shunday chiroyli yoziladigan sanada og'ir atletika bo'yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, jahon rekordchisi Ruslan Nurudinov bo'ydoqlik bilan xayrlashadi. Bugun Ruslanning to'yi. Fayzli oqshom Andijonda bo'lib o'tadi.
Nurudinov tanlagan umr yo'ldoshi ham sportchilar oilasidan - sinxron suzish bo'yicha terma jamoamizning sobiq azosi, ayni paytda murabbiylik faoliyatini boshlagan Almira Mamatkazina! Almira chim ustida xokkey bo'yicha tajribali murabbiy Rinat Mamatkazinning farzandi hisoblanadi.
Fursatdan foydalanib, saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan Ruslan Nurudinovga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz.
Fikrlar