31 may 07:20
Yangiliklar

Bugun 7 nafar bokschimiz Osiyo chempionligi uchun ringga ko'tariladi
Musobaqa dasturiga ko'ra, bugun erkaklar o'rtasidagi final janglari tashkil etiladi.
Bahslarda 7 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Daniyal Sabit (Qozog'iston)
-52 kg: SHahobiddin Zoirov - Amit (Hindiston)
-56 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Xarku Enx-Amar (Mo'g'uliston)
-69 kg: Bobousmon Baturov - Ablayxan Jusupov (Qozog'iston)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Abilxan Amankul (Qozog'iston)
-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov - Meysam Geshlagi (Eron)
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kamshibek Konkabaev (Qozog'iston)
Eslatib o'tamiz, bungacha Abdumalik Xalakov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov kabi bokschilarimiz bronza medalini qo'lga kiritishgandi.
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 19:00dan so'ng boshlanadi.
Bahslar boshlanishiga yaqin saytimizga jonli efir uchun link joylashtiriladi.
Fikrlar