20 iyu 07:35
Yangiliklar
Bugun atletlarimiz Tbilisida JCHdagi ishtiroklarini boshlashadi
20 yoshgacha bo'lgan atletlar ishtirokida o'tadigan dunyo birinchiligida mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Kecha oqshom Boris Savchenko murabbiyligidagi sportchilarimiz jahon chempionati o'tkaziluvchi shaharga etib kelishdi.
30 iyunga qadar davom etadigan nufuzli musobaqada 4 nafar og'ir atletikachimiz yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. 62 kg vazn toifasida Adham Ergashev, 77 kg vaznda SHahzod Xudoyberganov, 94 kg vaznli sportchilar bahsida Farhod Sobirov jahon chempionati medallari yo'lida supachaga chiqadi.
Qiz bolalar o'rtasidagi bahslarda esa yagona vakilamiz Muattar Nabieva o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Muattar 58 kg vazn toifasida mahoratini namoyish qiladi.
Fikrlar