18 mar 07:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Bahodir Jalolov jang qiladi
Bugun Tokio Olimpiadasi chempioni, jahon chempioni Bahodir Jalolov (9-0) professional ringdagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
Dubay shahrida o'tkaziladigan jangda bokschimizga polshalik Kamil Sokolovoski (11-25-2) raqiblik qiladi.
Kecha bokschilar jang oldidan taroziga chiqishdi va ko'z urishtirish marosimida qatnashishdi. Bahodir Jalolov jang oldidan 115,7 kg, uning raqibi, polshalik Kamil Sokolovski esa 108,9 kg tosh bosdi
Bahs bugun Toshkent vaqti bilan taxminan 20:00da boshlanadi. Jang "Eurosport" telekanali orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar