27 avg 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Bahodir Jalolov va Roy Jons master-klass namoyish etadi
Bahodir Jalolov Serbiyadagi "Xalqaro boks kuni"da ishtirok etmoqda, bugun u jonli efirda Roy Jons bilan master-klass o'tkaziladi.
Tokio Olimpiadasi chempioni, jahon chempioni Bahodir Jalolov AIBA tomonidan tashkil etilgan "Xalqaro boks kuni"ga bag'ishlangan tadbirlarda ishtirok etmoqda.
Biroz avval ushbu sanaga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda AIBA prezidenti Umar Kremlyov, shuningdek jahon boksi afsonasi Roy Jons va boshqalar ishtirok etishdi.
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Bahodir Jalolov Roy Jons bilan birga master-klassda ishtirok etadi.
Tadbirni USHBU SAHIFA orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar