23 avg 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Bahodir Jalolovning ashaddiy raqibi prof boksda debyut qiladi
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi azosi Qamshibek Konkabaev bugun Almati shahrida o'tkaziladigan professional boks oqshomida ringga ko'tariladi.
Ushbu jangda Qamshibek boshqa bir qozog'istonlik bokschi Issa Akberbaevga (20-1-0, 15 KO) qarshi ringga ko'tariladi. Mazkur jang Konkabaev uchun prof ringdagi debyut hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Bahodir Jalolov Konkabaevga qarshi so'nggi jangini 2019 yili Ekaterinburg mezbonlik qilgan jahon chempionati finalida o'tkazgandi. O'shanda hamyurtimiz raqibini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar