07 noy 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun bokschilarimiz Sankt-Peterburg shahriga jo'nab ketishadi
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Rossiyaning shimoliy poytaxti sanalmish Sankt-Peterburg shahrida o'tkaziladigan ananaviy xalqaro turnirda ishtirok etadi.
Rahmatjon Ro'zioxunov boshchiligidagi uch nafar charm qo'lqop ustalarimiz bugun Piterga yo'l olishadi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning boksi rivojlangan davlatlaridan keladigan jahon va Olimpiada ishtirokchilari qatnashadi.
Yurtimiz sport sharafini Osiyo chempionlari Isroil
Madrimov (-75 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg) hamda SHunqor Abdurasulov (-60 kg)
himoya qiladi. Terma jamoa murabbiylar shtabidan birgina Rahmatjon Ro'zioxunov joy
olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar