So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

07 dek 07:19
Yangiliklar

Og'ir atletika

Bugun boshlanadigan Jahon chempionati oldidan matbuot anjumani o'tkazildi + FOTOGALEREYA

Xabaringiz bor, bugun Toshkentda og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi.

Mamlakatimizda ilk bor o'tkazilayotgan mazkur musobaqadan avval matbuot anjumani tashkil etildi. 

Unda Xalqaro og'ir atletika federaciyasi bosh kotibi Muhammad Jalud, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Mendiboev, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etishdi. Dastlab SHahrullo Mahmudov musobaqa oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

“SHu paytgacha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati, kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati va boshqa bir qator nufuzli musobaqalarga mezbonlik qildik. Hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan ilk bor kattalar o'rtasidagi dunyo birinchiligini ham qabul qilmoqdamiz. Musobaqada 80 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. SHuningdek, Turizm va sport vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashkiliy ishlardagi katta yordam uchun alohida minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Musobaqada o'z davlatlaridagi karantin talablari sabab Xitoy,  Italiya,  Fiji va yana bazi mamlakatlar ishtirok eta olmaydigan bo'ldi. Biroq bu holat uning nufuziga hech qanday salbiy tasir o'tkazmaydi. Yana bir ahamiyatli tomoni, chempionat doirasida o'zbek og'ir atletikasi rivoji yo'lida mehnat qilgan Olimpiada sovrindorlari Nail Muxamedyarov, Sergey Sirsov kabi faxriylarni ham taklif qilganmiz”, – dedi SHahrullo Mahmudov. 

SHundan so'ng Bahrom Mendiboev sportchilarimizning tayyorgarligi haqida quyidagicha to'xtalib o'tdi: 

“Jahon chempionatiga olib borilgan tayyorgarlikka to'xtaladigan bo'lsak, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlaridan so'ng qisqa tanaffusdan qildik va darhol o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshladik. Dastlab mashg'ulot CHirchiqdagi bazamizda bo'ldi. SHundan so'ng Turkiyada, keyin Ukrainada yig'in tashkil etdik. Hozirgi paytda terma jamoamizning barcha sportchilari musobaqaga shay. Unda yigitlarimizdan 10 nafar, qizlarimizdan 4 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi”.  

O'z o'rnida Muhammad Jalud yuqori saviyadagi tashkiliy masalalar haqida gapirdi. 

“O'zbekiston doimo har qanday musobaqalarni yuqori saviyada tashkillashtirib kelgan. Bugun ham kattalar o'rtasidagi jahon chempionati yuqori saviyada tashkil etilganiga guvoh bo'lib turibmiz. Bunda bevosita bosh bo'lgan O'zbekiston hukumati, Turizm va sport vazirligi va MOQga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Tokio-2020 Olimpiadasida va hozirgacha ham hech qaysi musobaqada atletlarimizda doping chiqmayapti. Bu sportimizning halol raqobatda qadam tashlayotganini bildirmoqda”, – dedi Xalqaro og'ir atletika federaciyasi bosh kotibi. 

SHuningdek, mutasaddilar anjuman davomida sportchilarimizning tayyorgarligi, tashkiliy ishlar, atletlarning salomatligini muhofaza qilishdagi chora-tadbirlar haqidagi savollarga atroflicha javob berishdi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing