10 iyu 09:41
Yangiliklar
Bugun Davlat Bobonov va Gulnoza Matniyazovaga muxlislik qilamiz (Raqiblar + FOTO)
Tokio Olimpiadasi oldidan o'tkazilayotgan so'nggi IJF musobaqasining beshinchi kunida ayollar -70 kg, erkakldar esa -90 kg vazn toifasida medallar hamda reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar. Bugun O'zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi Davlat Bobonov hamda Gulnoza Matniyazovaga muxlislik qilamiz va albatta medal kutamiz.
Bobonov ikkinchi davradan bahslarga qo'shiladi va unda yaponiyalik Sanshiro Murao hamda moldovalik Mokanu juftligida g'olib chiqqan dzyudochi bilan to'qnash keladi. Matniyazova ham jahon chempionatidagi ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlaydi. U nimchorak final yo'llanmasi uchun germaniyalik Jiovanna Skochchimarroga qarshi tatamiga chiqadi. Bugungi bahslar ham Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.
Fikrlar