12 apr 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Denis Istomin Meksikada kortga chiqadi
11-17 aprel kunlari Meksikada "Challenger" tasnifiga kiruvchi "San Luis Potosi" turniri o'tkaziladi.
Mukofot jamg'armasi 53 ming 120 dollarni tashkil etuvchi musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etadi.
Bugun Istomin turnirning 1/16 final bosqichi doirasida braziliyalik Mateus Puchinelli de Almeydaga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanishi belgilangan.
Taqqoslash uchun, ayni vaqtda Istomin ATR reytingida 296, Almeyda esa 220-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar