02 dek 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Do'smatov va Xo'jaevga “Oltin Mangust” mukofoti topshiriladi
Bugun Ukrainaning Odessa shahrida xalqaro “Oltin Mangust” mukofotining bu yilgi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.
O'z tarixida sakkizinchi bor o'tkazilayotgan “Oltin Mangust” (International Sports Award “Golden Mongoose”) sovrini sportda yuqori natijalarni qo'lga kiritgan sportchilarga taqdiladi.
O'tgan davr mobaynida 80 nafarga yaqin sportchi, murabbiy, tadbirkor, siyosatchi va hukumat vakillari ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko'rilishgan.
Quvonarlisi, bu yilgi “Oltin Mangust” mukofoti topshiriladigan baxtli insonlar qatorida O'zbekiston vakillari ham bor.
Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatov hamda Butunjahon Boks seriyasi musobaqasida yarim finalga qadar etib borgan “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi murabbiyi Ravshan Xo'jaev “Oltin Mangust” xalqaro mukofoti bilan taqdirlanishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar