29 okt 11:21
Yangiliklar
Bugun dzyudochilarimiz III Yoshlar Osiyo o'yinlaridagi ishtiroklarini boshlashadi (qura natijalari)
Ikki kun davomida jami 16 ta vaznda qitamizning shu yosh toifasidagi eng kuchli dzyudochilari aniqlanadi. Bugun o'g'il bolalar -50, -55, -60, -66 kg, qizlar esa -40, -44, -48, -52 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar malum bo'ladi.
O'zbekiston kadetlar terma jamoasi to'liq tarkibda Osiyo o'yinlarida ishtirok etadi. Bugungi bellashuvlarda 8 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz. Ilk kungi saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 12:00da boshlanadi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimizning ilk uchrashuvlari:
-50 kg: SHohjahon Usmonov — Mohammadreza Kazemi (Eron)
-55 kg: Abubakr Sattorov — Ratanaseyla Hum (Kambodja)
-60 kg: Davlat Ahrorov — Anas Alyammahi (BAA)
-66 kg: Sultonbek Qo'ldoshboev — Kan Kaeochan (Tailand)/Yusuf Iskandarzoda (Tojikiston)
QIZLAR
-40 kg: Dilafruz Boltaboeva — Bao Rui-Yun (Xitoy Taypeyi)/Nikita Nikita (Hindiston)
-44 kg: Alina Kolyucheva — Pimpisut Griphong (Tailand)
-48 kg: Diana Azambekova — CHen Ksin (Xitoy Taypeyi)
-52 kg: Zuhra Alimova — Rasya SHabira (Indoneziya)/Dika Mohd Rosidi (Malayziya)

Fikrlar