30 okt 10:31
Yangiliklar
Bugun Franciyada Jahon chempionati start oladi + FOTO
O'z tarixida yubiley 40-marotaba tashkil etilayotgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Tarkibdan Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov, olimpiya o'yinlari ishtirokchilari Hikmatulloh To'raev, Bekmurod Oltiboev, Diyora Keldiyorova va Gulnoza Matniyazova, shuningdek istedodli dzyudochilarimiz joy olgan.
Kecha jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi va unda dzyudochilarimiz ham ishtirok etishdi. Harbiy libosda O'zbekiston bayrog'ini Muzaffarbek To'raboev sarbaland ko'targan holda paraddan o'tdi.
Bugun ayollar -48, -52, -57, -63 kg, erkaklar esa -60, -66 va -73 kg vazn toifalarida jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqadilar. Ertaga qolgan vaznlarda bellashuvlar tashkil etiladi.
Terma jamoa tarkibi:
-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: SHavkat Saitkulov
-66 kg: Artyom SHturbabin
-73 kg: Obidxon Nomonov
-81 kg: Hikmatulloh To'raev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek To'raboev
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
+100 kg: SHohruh Baxtiyorov
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: SHukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Murabbiylar - Tohir Fayziev, Ulug'bek Azizov, Sanjar Zokirov, SHuhrat Boboev
Delegaciya rahbari - Mansur Mamadaminov
Fikrlar