21 avg 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Bugun G'oibnazarov Olimpiada oltin medali uchun ringga chiqadi
Bugun Rio Olimpiadasining so'nggi kunida bizni o'z natijalari bilan xushnud etayotgan charm qo'lqop ustalarimizning ikki nafari final jangida ringga ko'tarilishadi.
Jumladan, -64 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarov Rio Olimpiadasi medali uchun kechadigan jangda asli kubalik, lekin Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Lorenso Sotomayor bilan to'nash keladi.
Eslatib o'tamiz, Fazliddin yarim final bahsida rossiyalik bokschi, amaldagi jahon chempioni Vitaliy Dunaycevni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. G'oibnazarov – Sotomayor jangi Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar