25 avg 07:22
Yangiliklar

Bugun hamyurtlarimiz ishtirokidagi belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionati boshlanadi
Mazkur jahon chempionatiga puxta hozirlik ko'rgan belbog'li kurash bo'yicha o'smirlar va qizlardan iborat terma jamoamizning 20 nafar azosi kecha Ufa shahriga jo'nab ketdi. Bugun start oladigan jahon chempionatida Baxtiyor Turg'unpo'latov bosh murabbiyligidagi yosh polvonlarimiz belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishlarida kurash tushishadi.
Jahon chempionatiga yo'l olgan sport delegaciyamizga O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov rahbarlik qilmoqda. SHuningdek, mazkur chempionatda jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev hamda Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi raisi Mo'min Muratovlar ham rasmiy mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar