21 dek 12:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun ikki nafar bokschimiz Rossiyada professional jang o'tkazadi
Bugun Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Kechaning markaziy jangida og'ir vazn toifasida sobiq chempioni Denis Lebedev JAR vakili Tabiso Mchunuga qarshi ringga ko'tariladi.
Etiborlisi, mazkur jang oqshomi doirasida ikki nafar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi ham o'z jangini o'tkazadi.
Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To'laganov rossiyalik Konstantin Piternovga qarshi ringga ko'tarilsa, O'zbekiston chempionatining shu yilgi g'olibi Odiljon Aslonov boshqa bir mezbon bokschi Varazdat CHernikov bilan kuch sinashadi.
Biz ushbu jangda har ikki bokschimizga ham omad tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar