10 apr 08:45
Yangiliklar
Og'ir atletika
Bugun Jahon Kubogida Olimpiada chempioni Akbar Jo'raev va yana ikki atletimizga muxlislik qilamiz
SHu kunlarda Tailandning Pxuket shahri og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon Kubogiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun musobaqaning navbatdagi kuni uch nafar og'ir atletikachimiz yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Asosiy etiborimiz Olimpiada chempioni Akbar Jo'raevga qaratiladi. U -109 kg vazn toifasidagi bahslarda supachaga chiqadi. SHuningdek, bu vaznda yana bir hamyurtimiz SHarofiddin Amriddinov ham o'z imkoniyatini sinab ko'radi.
Ayollar o'rtasida -89 kg vazn toifasida Tursunoy Jabborova ham bugun medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahslarga kirishadi. Jabborova ishtirokidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 14:00, SHarofiddin Amriddinov hamda Akbar Jo'raevning chiqishi esa taxminan soat 17:00 ga to'g'ri kelmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar