10 noy 14:09
Yangiliklar
Og'ir atletika
Bugun Jangabaev jahon chempionatida supachaga chiqadi
Bugun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri mezbonlik qilayotgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etadi.
Musobaqaning so'nggi kuni eng og'ir +109 kg vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Ushbu vaznda yurtimiz sport sharafini Osiyo o'yinlari sovrindori Rustam Jangabaev himoya qiladi. U 450 kg toshga buyurtma bergan. Asosiy raqibi eronlik Behdad Salimkordasiabi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, kecha -109 kg vazn toifasidagi atletlar o'rtasidagi bahslar o'tkazilib, unda Rio Olimpiadasi chempioni va rekordchisi, Osiyo o'yinlari g'olibi hamda rekordchisi Ruslan Nurudinov siltab ko'tarishda 227 kg og'irlikni o'ziga bo'ysundirib, bronza medali bilan kifoyalangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar