09 mar 14:53
Yangiliklar
Tennis
Bugun Kamilla Rahimova Austin 125 turniridagi ishtirokini boshlaydi
AQSHning Ostin shahrida "CHellenjer" turkumiga kiruvchi WTA 125 turnirining asosiy to'r bahslari start oladi.
Mukofot jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada tennischimiz Kamilla Rahimova ham o'z omadini sinab ko'radi. O'zbekistonning birinchi raketkasi bugun 1/16 finalda niderlandiyalik Lamens Syuzanga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Rahimova ayni paytda dunyoning 88-raketkasi bo'lib turibdi, 26 yoshli Lamens esa WTA reytingida 113-o'rinni band etgan. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 22:30da boshlanadi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan uchinchi bahsi bo'ladi. Bundan avvalgi har ikki uchrashuvda niderlandiyalik tennischi g'alaba qozongandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar