15 fev 12:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun nokautchi bokschimiz Moskvada sakkizinchi jangini o'tkazadi
Bugun professional boksda faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini o'tkazadi.
Uning raqibi gruziyalik bokschi Ruben Movsisyan bo'ladi. Kecha bokschilar Moskvadagi “Korston Arena”da tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi.
SHohjahon roppa-rosa 64, Movsisyan esa 64,3 kg tosh bosdi. Bugungi jang 10 raundga mo'ljallangan.
21 fevral kuni 26 yoshga to'ladigan Ruben ancha tajribali bokschi hisoblanadi. U 23ta jangda zafar quchgan. SHulardan 16ta jangini nokaut bilan yakunlagan. Mag'lubiyatlar soni 16ta, durang esa bittani tashkil etadi.
Bugungi jang SHohjahon uchun faoliyatidagi sakkizinchisi bo'ladi. Ergashev bundan avval o'tkazgan barcha janglarida raqiblarini muddatidan avval nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar