03 may 08:04
Yangiliklar
Bugun og'ir atletikachilarimizning jahon chempionatidagi ishtiroki boshlanadi
Dunyo birinchiligida 6 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Bugun -55 kg vazndagi atletimiz Jamila Panfilova o'z chiqishi bilan hamyurtlarimizning jahon chempionatidagi ishtirokini boshlab beradi.
Og'ir atletikachilarimiz uchun taqvim:
3 may, 17:00 – Jamila Panfilova (-55 kg)
5 may, 20:00 – Og'abek To'xtaev (-73 kg)
7 may, 20:00 – Hojiakbar Olimov (-89 kg)
9 may, 14:30 – SHarofiddin Amriddinov (-102 kg)
9 may, 17:00 – Tursunoy Jabborova (-87 kg)
10 may, 17:00 – Mirhosil Mirzaboev (+109 kg)
Bahslarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan. Jahon chempionati 10 mayga qadar davom etadi va unda dunyoning 61 mamlakatidan 300 nafardan ziyod sportchi medallar uchun supachaga chiqadi.
Fikrlar