14 may 11:00
Yangiliklar
Og'ir atletika

Bugun Olimpiada chempioni Akbar Jo'raev va yana uch atletimizdan Osiyo chempionati medallarini kutamiz
Xitoyning Jiangshan shahrida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati ham asta sekin poyoni sari yaqinlashmoqda.
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun qita birinchiligida 4 nafar sportchimiz g'oliblik uchun bahslarga kirishadi.
Jumladan, Toshkent vaqti bilan soat 11:48 da ayollar o'rtasida -87 kg vazn toifasida "A" guruh bellashuvlari start oladi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini ikki vakilamiz - Nigora Suvonova hamda Tursunoy Jabborova himoya qiladi.
SHuningdek, soat 15:48 dan boshlab erkaklar o'rtasida -109 kg vazn toifasida yana ikki hamyurtimiz - Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'raev hamda SHarofiddin Amriddinov bahslarga kirishadi.
Havola :
Fikrlar