10 avg 13:10
Yangiliklar
Bugun Olimpiadaning beshinchi kuni 20ta medallar jamlanmasi o'ynaladi
Bugun to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida jami 20ta medallar jamlanmasi o'ynaladi. Sportchilar bugungi dasturdan o'rin olgan akademik eshkak eshish, velosport, slalomda eshkak eshish, o'q otish, sport gimnastikasi, dzyudo, suvga sakrash, qilichbozlik, og'ir atletika, stol tennisi turlari bo'yicha medallar uchun bahslarga kirishishadi.
Xabar berganimizdek, bugun 6 nafar hamyurtimiz boks, dzyudo hamda akademik eshkak eshish sport turlarida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. Dzyudo musobaqasida tatamiga chiqadigan SHerali Jo'raev (-90 kg) va Gulnoza Matniyozova (-70 kg)lardan bugun medal kutib qolamiz.
Agar bugun bokschilarimiz Hasanboy Do'smatov (-49 kg) va Rustam To'laganov (-90 kg) o'z raqiblarini mag'lub etishsa, ular ham kamida Olimpiadaning bronza medallarini naqd qilishadi. Akademik eshkak eshuvchimiz SHahboz Xolmurzaev esa bugun 13-24 - o'rinlar uchun startga chiqadi. U 2000 metr masofada o'tkaziladigan bahslarda ishtirok etadi.
Fikrlar