26 mar 12:27
Yangiliklar

Bugun Osiyo chempionatida yana besh yunon-rum kurashchimizga muxlislik qilamiz
Bugun qita chempionatida yunon-rum kurashi bo'yicha qolgan 5 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Bugungi bellashuvlarda ham 5 nafar klassik kurashchilarimizga muxlislik qilamiz. Kecha terma jamoamiz azolaridan 3 nafari o'z vazn toifalarida Osiyo chempionatining oltin medalini qo'lga kiritishgan edi.
Bugun gilamga chiqadigan kurashchilarimiz:
-60 kg: Alisher G'aniev – Ali Abdunosir (Iordaniya) / Ziyue Si (Xitoy)
-67 kg: Nozimjon Boyqo'ziev – Muntxir Jandu (Saudiya Arabistoni)
-72 kg: Abdullo Aliev – Begmirat Nobatov (Turkmaniston) / Ahmed Baraxman (Saudiya Arabistoni)
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov – Mohammad Nag'usi (Eron)
-97 kg: Behruz Barnoev – Ibrohim Fallatah (Saudiya Arabistoni)
Fikrlar