13 fev 09:50
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025

Bugun O'zbekiston uchun Xarbin-2025 qishki Osiyo o'yinlari yakunlanadi, so'nggi kunda ikki hamyurtimiz chiqish qiladi
Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o'yinlarining o'n birinchi kungi bellashuvlari o'tkazilmoqda.
Bugun o'zbekistonlik sportchilar faqatgina figurali uchish bahslarida ishtirok etishadi.
Sevinch Rahimova hamda Niginabonu Jamoliddinova erkin dasturda chiqish qiladi. Kecha ular qisqa dasturda mos ravishda 18.09 va 27.88 ballarni qo'lga kiritishgandi.
Erkin dastur Toshkent vaqti bilan 10:00 dan keyin boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar