21 jan 17:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Bugun Serbiyadagi turnirda etti nafar vakilamiz ringga chiqadi
Serbiyaning Sombor shahrida o'tkazilayotgan "Millatlar ligasi" musobaqasi o'zining hal qiluvchi pallasiga etib keldi.
Bugun musobaqa doirasida final bellashuvlari o'tkaziladi.
Hal qiluvchi bahslarda O'zbekiston terma jamoasining etti nafar vakili ringga ko'tariladi:
-48 kg: Saidaxon Rahmonova - Kristina Varga (Serbiya)
-50 kg: Feruza Kazakova - Nina Radovanovich (Serbiya)
-52 kg: Aziza Yakubova - Dragana Jovanovich (Serbiya)
-57 kg: Sitora Turdibekova - Klaudia Nechita (Ruminiya)
-60 kg: Rayhona Qodirova - Viktoriya Grafeeva (Qozog'iston)
-66 kg: Navbahor Hamidova - Kristina Kuluhova (Serbiya)
-75 kg: Aziza Zokirova - Anastassiya Bayazitova (Qozog'iston)
Janglar Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi.
Havola :
Manba : boxinguzbekistan
Fikrlar