28 apr 12:01
Yangiliklar
Stol tennisi
Bugun stol tennischilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi
Bugun Angliya poytaxti London shahrida stol tennisi bo'yicha jamoaviy yo'nalishdagi jahon chempionati start oladi.
10 mayga qadar davom etadigan musobaqada O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ishtirok etadi.
Terma jamoalarimiz tarkibi, ular joy olgan guruh va o'yinlar taqvimi quyidagicha:
Erkaklar: SHohruh Iskandarov, Sarvarbek G'ulomov, Diyorbek Dilshodov, Jamshid Rahimberganov.
4-guruh: Braziliya, Vengriya, Puerto-Riko, O'zbekiston.
1-tur: O'zbekiston – Vengriya (28 aprel)
2-tur: O'zbekiston – Peurto-Riko (29 aprel)
3-tur: O'zbekiston – Braziliya (30 aprel).

Ayollar: Arujan Kamalova, Asel Erkebaeva, Adelina Hasanova.
11-guruh: Avstraliya, Nigeriya, Uels, O'zbekiston.
1-tur: O'zbekiston – Avstraliya (28 aprel)
2-tur: O'zbekiston – Uels (29 aprel)
3-tur: O'zbekiston – Nigeriya (1 may).
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar