31 mar 13:56
Yangiliklar
Tennis

Bugun Sultonov Italiyadagi "CHellenjer" turnirida kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ikki haftalik tanaffusdan so'ng yana turnirlarga qaytmoqda.
Hamyurtimiz Italiyaning Barletta shahrida o'tkaziladigan turnirda ishtirok etadi. Ushbu "CHellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqaning mukofot jamg'armasi 91 250 evroni tashkil qiladi. Turnirda 8-raqam ostida tasniflangan Humoyun bugun ilk davrada ukrainalik Oleksandr Ovcharenkoga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ATP reytingida 229, Ovcharenko esa 327-o'rinni egallab turibdi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanadi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ilk uchrashuvi bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar