So’nggi yangiliklar

13:14Жошуанинг менежери жангни ташкил этиш кечикаётгани учун Яқин Шарқ ташкилотчиларини айблади 0 12:47Марадона "Худонинг қўли" билан гол урган тўп аукционда дахшатли суммага сотилди 0 12:20Уч спортчимиз Kazakhstan Junior Golf Invitational 2026 турнирида ғолиб ва совриндор бўлди 0 11:56Мераб Двалишвили ММА тарихидаги энг буюк жангчини айтди 0 11:29Макс Холлоуэй Ислам Махачевга қарши чемпионлик жанги учун тайёр! 0 11:01Мареска "Сити"нинг 18 йиллик рекордини янгилади 0 10:37Нурмагомедов UFC`даги икки асосий мақсадини маълум қилди 0 10:13Бугун Полина Кудерметова US Open 2026 турниридаги иштирокини бошлайди 0 09:44Расман! Рақамланган UFC 334 ва UFC 335 турнирлари тасдиқланди 0 09:18Ҳусанов "Борнмут"га қарши ўйинда неча баллга лойиқ кўрилди? 0 08:52UFC Fight Night 285 турнири жангчиларининг гонорарлари маълум - энг кўпи "Рицар"да! 0 08:28PFL турнирининг барча натижалари: "Киборг" Виейрага қарши, Рабаданов Ридерни нокаутга учратди 0 08:04Ўзбекистон — аралаш жамоавий баҳсларда Жаҳон чемпионати совриндори! 0 07:37Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Эльче"ни тор-мор этди 0 07:11Monterrey Open. "Ўзбекча финал"да бироз кутилмаган натижа қайд этилди 0

30 iyu 10:53
Yangiliklar

Tennis

Bugun tarixiy kun! Uch tennis malikamiz Uimbldon asosiy to'ridagi ishtirokini boshlaydi

O'zbek tennisi tarixida bir yo'la uch nafar vakilamiz Uimbldon turnirining asosiy to'rida yurtimiz sharafini himoya qiladi va ularning uchchalasi ham bugun kortga chiqadi.

Bugun London shahrida tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 86 million dollarni tashkil etuvchi Uimbldon turnirining asosiy to'r bahslari boshlanadi hamda erkaklar va ayollar musobaqasining har birida 128 nafardan tennischi bosh sovrin uchun kurashga kirishadi.  

Quvonarlisi, tarixda ilk bor O'zbekistonning bir yo'la uch tennis malikasi "Katta Dubulg'a" turnirining asosiy to'rida ishtirok etadi va ularning uchchalasi ham bugun birinchi davra uchrashuvida kortga chiqadi. Birinchi raketkamiz Kamilla Rahimova 1/64 finalda ukrainalik Angelina Kalininaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 15:00da boshlanadi. Rahimova ayni paytda dunyoning 70, Kalinina esa 66-raketkasi bo'lib turibdi. 

Ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva birinchi davrada braziliyalik Beatris Xaddad Mayyaga qarshi kortga chiqadi. Mariya WTA reytingida 95, Beatris 134-o'rindan joy olgan. Ushbu uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. 

Hozirda WTA reytingida 113-pog'onada borayotgan mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova esa 1/64 finalda dunyoning 41-raketkasi, rossiyalik Lyudmila Samsonova bilan hisob-kitob qiladi. Bu to'qnashuv soat 20:30da start olishi belgilangan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing