07 iyu 10:42
Yangiliklar
Bugun Toshkentda og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati boshlanadi
Bugun, 7 iyul kuni poytaxtimizdagi "O'zbekiston" sport majmuasida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati start oladi.
Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 50 ga yaqin davlatidan 350 dan ortiq sportchi va murabbiylar, mutaxassislar ishtirok etadi.
Bungacha musobaqa doirasida bir qator tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, Xalqaro og'ir atletika federaciyasining ijroiya qo'mitasi yig'ilishi, shuningdek, yillik Kongress ham tashkil etildi. Bugundan boshlab musobaqalarga rasman start beriladi. Unda ayollar o'rtasida -48kg, erkaklar o'rtasida esa -56kg vazn toifasida dastlabki sovrindorlar aniqlanadi.
Soat 15:00da jahon chempionatining ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
Bahslar 14 iyulga qadar davom etadi.
Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu nufuzli musobaqada o'zbek polvonlariga omad tilab qoladi.
Fikrlar