15 mar 10:30
Yangiliklar

Bugun tunda o'tkaziladigan UFC Fight Night 254 turniri bitta jangidan ayrildi
Ushbu turnir kardidan o'rin olgan janglar bittaga kamaydi. Engil vazn toifasi vakili Markel Mederos hamyurti Evan Elderga qarshi oktagonga chiqmaydi. Bunga amerikalik aralash yakkakurash ustasining jarohati sabab bo'ldi.
Endi Evan Elder 26 aprel kuni Kanzas-Sitida o'tkaziladigan UFC on ESPN 66 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. U jarohat olgan Mitch Ramiresning o'rnini egallaydi va Ahmad Xassanzodaga qarshi jang o'tkazadi.
SHu tariqa, UFC Fight Night 254 turniri kardida 13 ta jang qoldi. Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida italiyalik Marvin Vettori hamda gruziyalik Roman Dolidze o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu jang revansh maqomida bo'ladi. Turnirning ko-meynivent jangida esa yarimo'rta vazn toifasi vakillari CHidi Njokuani va Elizeu Zaleski dos Santos o'zaro hisob-kitob qilishadi.
Fikrlar