01 mar 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun "Uzbek Tigers" jang qiladi
Bugun Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasi uchinchi tur jangini o'tkazadi.
Ushbu jangda bokschilarimizga Kolumbiyaning "Colombia Heroicos" jamoasi raqiblik qiladi.
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da "Universal" sport majmuasida boshlanadigan to'qnashuvda quyidagi janglar guvohiga aylanishimiz mumkin bo'ladi:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov - Keybar Avila
-60 kg: SHunqor Abdurasulov - Duvan Zuleta
-69 kg: Mahmud G'oipov - Aleksandr Ranxel
-81 kg: Bektemir Meliqo'ziev - Diego Alexandro Motoa
+91 kg: Bahodir Jalolov - Kristian Salkedo
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar