15 iyu 17:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugungi mag'lubiyatdan so'ng CHel Sonnen faoliyatini yakunladi
Aralash qoidalar ustasi CHel Sonnen faoliyatini yakunlaganini rasman elon qildi.
U bugun Nyu-York shahrida o'tkazilgan Bellator 222 turniri doirasida Lioto Machidaga texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
"Tan olishim kerak, bugun birinchi raundda mag'lubiyatga uchradim. O'z vaqtida ketishni ham bilish kerak. Katta va qiziqarli yo'lni bosib o'tdim. Men ketyapman. Hammasi uchun rahmat", - dedi Sonnen.
Etiborlisi, CHel oktagondan chiqib ketayotganda qo'lqoplarini echib, "qafas" markaziga tashlab ketdi.
Havola :
Fikrlar