07 avg 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA
BUM! Robert Uittaker Bogdan Guskov bilan jang qilish niyatida!
O'rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni, avstraliyalik Robert Uittaker hamyurtimiz Bogdan Guskov bilan jang qilish istagini bildirdi.
"Men Magomed Ankalaev bilan jang qilishni juda xohlardim. Yan Blaxovich endigina mag'lub bo'ldi, ammo u bilan ham oktagonga chiqishga qarshi emasman. Bogdan ham ajoyib variant bo'lardi. Umuman olganda, TOP reytingdagi istalgan jangchi bilan jang qilishga tayyorman", deydi Uittaker.
Eslatib o'tamiz, yarim og'ir vaznli Bogdan Guskov 25 iyul kuni rossiyalik Magomed Ankalaevga qarshi jang qilib, beshinchi raundda texnik nokaut bilan imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : fightnews.info
Fikrlar