12 apr 11:24
Yangiliklar
Bunaqasi bo'lmagan! Xokit ikkitalik bonus va Donald Tramp tavsiyasi bilan Oq uy turniri uchun jang oldi
Etiborlisi shundaki, tajribali Kyortis Bleydsni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgan Josh Xokit o'zining yorqin jangi evaziga har biri 100 000 dollardan iborat ikkitalik bonusni qo'lga kiritdi. Kamiga AQSH prezidenti Donald Tramp tavsiyasi bilan Oq uydagi turnir kardiga kiritildi. U 14 iyun kuni o'tkaziladigan bayram turnirida Derrik Lyuisga qarshi oktagonga chiqadi. Josh ishtirokidagi jang turnirning eng yaxshisi deb topildi. "Yorqin ishtirok uchun" bonus ham aynan Xokitga topshirildi.
"Yorqin ishtirok uchun" ikkinchi bonus Yangi Zelandiya vakili Karlos Ulbergga nasib etdi. U oqshomning asosiy jangida oyog'idan jarohat olganiga qaramay, birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida chexiyaik sobiq chempion Irji Proxazkani chap qo'l xuk zarbasi bilan nokautga uchratdi va yarim og'ir vaznda vakant bo'lib turgan UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Bundan tashqari, qo'shimcha 25 000 dollarlik bonuslar muddatidan avval o'z janglarini yakunlagan Paulo Kosta, Kab Svonson, Mateush Gamrot, Tatyana Suares va Visente Lukega taqdim etildi.



Fikrlar