03 apr 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA
"Buni erkaklarga qo'yib bering". Kamaru Usman ayollar janglarini tanqid qilgan Xabibni qo'llab-quvvatladi.
UFC sobiq chempioni Kamaru Usman MMA’da ayollar janglariga qarshi chiqqan rossiyalik Xabib Nurmagomedovning bayonotiga izoh berdi.
"Bu jamiyat yoki Amerika jamoatchiligi nima haqida gapirayotganiga hech qanday aloqasi yo'q. Xabib ayol kishi hech narsa bilan shug'ullana olmaydi, demoqchi emas, bu haqda gapirmayapti. Sir emas, deyarli qoidasiz janglar - bu badiiy gimnastika emas, erkaklar urushi. Ayol bu kontekstdan tashqarida. Xabib bularning barchasi zo'ravonlik bilan bog'liqligini va shuning uchun uni erkaklarga qoldirish kerakligini nazarda tutgan", - dedi Usman Pound-4-Pound podkastida.
Avvalroq Valentina SHevchenko Xabibning MMA’dagi ayollar haqidagi so'zlariga etiroz tariqasida javob qaytargandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar