03 apr 16:51
Yangiliklar
Og'ir atletika
Butun dunyo karantinda. Xitoyda esa og'ir atletika bo'yicha test rejimida chempionat o'tkazildi
CHin o'lkasida boshlangan koronavirus bugungi kunga kelib butun dunyo bo'ylab tarqalib bo'ldi.
Xitoy esa ayni paytga kelib, kasallikni deyarli engib bo'ldi va mamlakatda hayot yana “jonlana” boshladi. Xususan, bir qator provinciyalarda ishlar boshlandi, jamoat transportlari harakatlanishiga ruxsat berildi. Yana bir ahamiyatlisi ushbu mamlakat og'ir atletika murabbiylari test rejimida ichki chempionatini o'tkazdi.
Ushbu sinov musobaqasidan asosiy maqsad karantindan so'ng atletlarning jismoniy va texnik holatini ko'zdan kechirishdan iborat bo'ldi. SHu bois xitoylik murabbiylar sinov musobaqasiga erkaklar va ayollar o'rtasida Tokio Olimpiadasiga davogar bo'lgan ishtirokchilarini qo'yishdi. Takidlanishicha, yakuniy natijadan murabbiylarning ko'ngli deyarli to'lgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar