29 may 19:17
Yangiliklar
Boshqalar, Bolalar sporti
Butun mamlakatimiz bo'ylab badminton bo'yicha musobaqalar start oldi
“1 iyun – bolalarni himoya qilish xalqaro kuni”ga bag'ishlab, Respublikamizning turli hududlarida musobaqalar tashkil qilinmoqda.
SHu jumladan, O'zbekiston badminton federaciyasi ham ushbu sana munosabati bilan viloyatlarda turli musobaqalar o'tkazmoqda. O'smirlar va qizlar o'rtasida tashkil qilinayotgan turnirlar 25 may – 5 iyun sanalarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Takidlab o'tish lozimki, Milliy olimpiya qo'mitasi bugungi kunda sportni ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida aholining turli qatlamlari o'rtasida turnir va musobaqalar tashkil etib kelmoqda. Bellashuvlar maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilaridan tortib, oliy o'quv yurti talabalari, korxona va tashkilot xodimlari, hattoki faxriylarni ham qamrab olgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar