So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

17 sen 12:31
Yangiliklar

SHaxmat

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi. Ayollar o'rtasidagi bahslarda vaziyatimiz qanday? (+ FOTO)

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi kecha 6-turda Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Qizlarimiz 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 1-turida Gaitini 4:0, 2-turda Angolani 3:1, 3-turda Vengriyani 2,5:1,5, 4-turda Bolgariyani 2,5:1,5 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Beshinchi turda amaldagi Olimpiada vice-chempioni Gruziyaga 1,5:2,5 hisobida imkoniyat boy berildi. To'rtta g'alaba evaziga ayollar terma jamoamiz o'z tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Bu yog'iga rekord yangilanib boraveradi.   

Ayollar o'rtasidagi musobaqada ham xuddi erkaklarda bo'lgani singari bitta terma jamoa 100 foizlik natija qayd etib turibdi. Hindiston 6 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozongan. Hindlar 6-turda Armanistonni 2,5:1,5 hisobida engishdi. Vengriya - Peru uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi. Gruziya Mo'g'ulistondan 2,5:1,5 hisobida ustun keldi. Xitoy biroz kutilmaganda xuddi shu hisobda Polshaga yutqazib qo'ydi. Tarkibida Gulruhbegim Tohirjonova o'ynayotgan AQSH terma jamoasi SHveycariyani 2,5:1,5 hisobida taslim etdi. 

Bugun Olimpiadada dam olish kuni. Ertaga o'tkaziladigan 7-turda Hindiston Gruziyaga qarshi bahs olib boradi. O'zbekiston terma jamoasi esa o'zi singari 9 ochkoga ega greciyalik shaxmatchilar bilan hisob-kitob qiladi. SHaxmatchilarimiz 7-tur oldidan 9 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 16-o'rinni egallab turibdi. 

7-turning markaziy uchrashuvlari:

Hindiston - Gruziya

Avstriya - Vengriya

Ukraina - Polsha

Ozarbayjon - Qozog'iston

Armaniston - AQSH

Mo'g'uliston - Germaniya

Ispaniya - Franciya

Greciya - O'zbekiston

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing