04 fev 17:31
Yangiliklar
Dzyudo
Buxoro viloyati dzyudosi rejalari muhokama qilindi
O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati viloyatlar dzyudosining rejalari, joylardagi moddiy-texnik bazaning bugungi holati, muammolari bilan tanishishda davom etmoqda.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov bu safar Buxoro viloyati dzyudosi mutasaddilari bilan ZOOM platformasida tashkil etilgan onlayn muloqotda yuqorida aytilgan masalalar yuzasidan fikr almashdi.
"Buxoro viloyati O'zbekistonga Olimpiadaning uch karra bronza medali sovrindori Rishod Sobirovni tayyorlab bergan. Olot dzyudo maktabini butun dunyoda bilishadi. Bu zamin hamisha istedodli dzyudochilarga boy bo'lgan. Bugungi kunda SHahram Ahadov misolida bu dzyudochilarni ko'rishimiz mumkin. Biz birgalikda viloyat dzyudosini yangi bosqichga olib chiqish uchun harakat qilishimiz kerak", - dedi A.Kamilov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar