16 dek 09:08
Yangiliklar
Kurash

Buxoroda kurash musobaqalari o'tkaziladi
Polvonlar yurti Buxoro kurash musobaqalariga mezbonlik qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 12 dekabr 1570-sonli buyrug'iga asosan 16-18 dekabr kunlari Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi “Xumo” sport arenasida kurash bo'yicha 2000-2002 yillarda tug'ilgan yoshlar 50, 55, 60, 66, 73, 81, 90, +90 kg vazn toifasida, qizlar esa 44, 48, 52, 57, 63, 70, +70 kg vazn toifalarida o'zaro bellashadilar.
19-20 dekabr kunlari esa kattalar o'rtasida O'zbekiston kubogi (jamoaviy) musobaqalari bo'lib o'tadi. Kubok musobaqalarida erkaklar 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg, +90 kg vazn toifalarida, ayollar - 48 kg, 57 kg, 70 kg, +70 kg vazn toifalarida gilamga chiqadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar