So’nggi yangiliklar

19:05Темурбек Гиязов пара енгил атлетика бўйича Жаҳон чемпионати ғолибига айланди! 0 18:25Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди" 0 18:02"Бу даъвогарлик жанги. Ғолиб бўлсам чемпионлик жангида қатнашишим керак" - Хукер Царукян билан жанг ҳақида гапирди 0 17:39Индонезиядаги Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 4 та медаль! 0 17:17"Кейингиси Ян бўлади. Биз иккинчи айланани бошлаймиз" - мураббий Двалишвилининг режалари ҳақида 0 16:52"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди 0 16:30WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ҳамон пешқадам, қолганларнинг ўрни қандай? 0 16:02Перейра: "Мен шиномонтажга қайтмоқчи эмасман" 0 15:39Арман Царукян – Хукер ҳақида: "Бундай рақибларга қарши жанг қилиш қийин" 0 15:17U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон? 0 14:52Жаҳон чемпионатининг илк кунида ёш самбочиларимиз 6 та медаль қўлга киритишди 0 14:27"Жангга чиқишнинг имкони бўлмаганди". Царукян – Махачев билан бекор бўлган жангни эслади 0 14:05"Мен финиш излайман". Анкалаев – Перейра билан жанг ҳақида 0 13:44Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор 0 13:23Макгрегор Нурмагомедов - Хьюз реванш жангига муносабат билдирди 0

24 okt 11:34
Yangiliklar

Kurash

Buxoroda kurash musobaqasi g'oliblari aniqlandi

Buxoroda yoshlar o'rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning kurash turi bo'yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi final bahsi va taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat prokurori Ulug'bek Hamdamov, sportsevar yoshlar, sport murabbiylari hamda faxriylari qatnashdi. Tadbirda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, aholi, ayniqsa, mahallalardagi yoshlar o'rtasida keng targ'ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tilga olindi. 

Ayniqsa, “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining tashkil qilinayotgani alohida etirof etildi.  

“Bosh prokuror kubogi” musobaqasining viloyat bosqichida mahalla, sektor, shahar-tumanlar bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan 200 nafarga yaqin o'g'il-qizlar g'oliblik uchun bellashdi. Xususan, o'g'il bolalar 5 ta vaznda, qizlar esa 4 ta vazn toifasida musobaqada ishtirok etdi.  

Qiziqarli bahslarga boy o'tgan final musobaqalaridan o'z vaznida tengsiz deb topilgan yoshlar munosib taqdirlandi. Bundan tashqari, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kurash sport turi bo'yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasini tashkil etishda jonbozlik ko'rsatgan tuman, shahar sektorlar rahbarlari va masullarga viloyat hokimining tashakkurnomasi topshirildi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing