So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

12 iyu 19:11
Yangiliklar

Bolalar sporti

Buxoroda sport tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi yanada takomillashtiriladi

SHu kunlarda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Buxoro viloyatida bo'lib turibdi.

Xabaringiz bor, shu kunlarda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Buxoro viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni taminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Jumladan, viloyatdagi barcha sport talim muassasalarining moddiy-texnika bazasi holati, internet bilan jihozlanganligi va tezkor axborot almashuv tizimining faoliyati o'rganilmoqda. Bu borada ayni damdagi holatni yanada yaxshilash borasida vazirlik tomonidan sport tashkilotlariga ko'mak ko'rsatilayapti.

Bu hududlarda sport maktablari va sport talim muassasalarining kadrlari salohiyati va trenerlarga bo'lgan ehtiyoji hamda uni bartaraf etish bo'yicha maqsadli qabul bo'yicha takliflari o'rganib chiqilmoqda.

SHuningdek, hududlarning sport turlariga ixtisoslashuvi, moddiy texnik bazasining holatini yanada rivojlantirish, sport inventarlari soni va bugungi holati, terma jamoa azolarini shakllantirish masalalari bo'yicha ishchi guruh tuman masullariga yaqindan ko'maklashmoqda.

Bundan tashqari, hududlardagi sport maktablari va sport talim muassasalarining bo'sh er maydonlari va ulardan maqsadli foydalanish rejasi bo'yicha tadbirkorlar tomonidan kiritilayotgan takliflar ham ko'rib chiqilyapti. Bu borada ishchi guruh vakillari mahalliy tadbirkorlar bilan yuzma-yuz ochiq suhbatlar o'tkazmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing