18 jan 15:24
Yangiliklar
Boks/MMA
"Buyuk fojia" - Rogan Fyodor Emelyanenkoning amalga oshmay qolgan jangi haqida
Amerikalik 58 yoshli taniqli podkaster, UFC sharhlovchisi Jo Rogan rossiyalik afsonaviy aralash yakkakurash ustasi Fyodor Emelyanenkoning amalga oshmay bir jangiga to'xtaldi.
Rogan Emelyaneko va og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni, amerikalik Keyn Velaskes o'rtasidagi jang tashkil etilmaganidan afsusda ekanini bildirdi.
"Katta fojia shundaki, Fyodor UFC’da Keyn Velaskes bilan jang qilishi mumkin edi. Ularning ikkisi ham bir vaqtning o'zida faoliyatining cho'qqisida bo'lib, ularda bunday imkoniyat bor edi. Lekin bu tarixiy ahamiyatga ega jangni negadir hech kim tashkil qilmadi", - deya Roganning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar