31 mar 12:17
Yangiliklar

Byorns CHimaevga qarshi jangda nimani maqsad qilganini aytdi
"UFC'da ikkita maqsadim bor. Birinchisi, diviziondagi eng kuchli raqibga qarshi kurashish. Ikkinchisi esa chempion bo'lish. Buning uchun istalgan jangchi bilan kurashishga tayyorman. Raqibning kimligi men uchun qiziq emas. Men shuni xohlayman.
UFC tanlagan raqib bilan jang qilaman. Kolbi Kovington bilan jang qilmoqchi edim. Lekin u yaqinda jang qildi. SHuning uchun faqat Xamzat men bilan jang qilishni xohladi. Bilaman, u bilan jang qilish katta tavakkal. U divizionning 11-pog'onasida bormoqda. Agar chempion bo'lishni istasam, hamma bilan kurashishim shart. Glover Teysheyra va CHarlz Oliveyradan o'rnak olaman. Xamzat kuchli zarbaga ega. U bilan jang qilishni xohlayman", - dedi Byorns.
Eslatib o'tamiz, Byorns va CHimaev o'rtasidagi jang 9 aprel UFC 273 turnirida bo'lib o'tadi.
Fikrlar