23 may 11:52
Yangiliklar
Futbol

CAFA U17 Championship 2025 musobaqasiga qura tashlandi. O'zbekiston Eron bilan bir guruhda
Ertaga, 24 may kuni Toshkentda CAFA U17 Championship 2025 musobaqasi start oladi.
Bugun ushbu musobaqaning guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra O'zbekiston Eron va Qirg'iziston bilan birga "A" guruhidan joy oldi. Sergey CHigodaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi musobaqani ertaga Qirg'izistonga qarshi bahs bilan boshlaydi. 28 may kuni Eronga qarshi bahs o'tkaziladi.
Musobaqaning final uchrashuvi 31 may kuniga belgilangan. Eslatib o'tamiz, CAFA U17 Championship 2025 turnirining barcha o'yinlari Toshkent viloyatidagi "Do'stlik" stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar