03 avg 08:29
Yangiliklar
Tennis
Canadian Open. Kamilla Rahimova mashhur Vinus Uilyamsga imkon qoldirmadi
Xabar berganimizdek, Toronto shahri shu kunlarda tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 7 mln 433 ming 76 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqa mamlakatimiz vakilalarining ishtiroki ham davom etyapti.
Kecha O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova asosiy to'rning ilk davrasida amerikalik Vinus Uilyamsga qarshi kortga chiqdi. 1 soat, 29 daqiqa davom etgan uchrashuvda Rahimova 2:0 (6/4, 6/1) hisobida qiyinchiliksiz g'alabaga erishdi.
Hamyurtimizning ikkinchi davradagi raqibasi chexiyalik 30 yoshli Katerina Sinyakova bo'ladi. Bellashuv 6 avgust kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Malumot uchun, 24 yashar Kamilla Rahimova hozirda WTA reytingida 82, 46 yoshli Vinus Uilyams esa 664-o'rinni egallab turibdi. Kamillaning bo'lajak raqibi Katerina Sinyakova esa Jahon reytingida 36-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar