02 avg 11:46
Yangiliklar
Canadian Open. Uchinchi raketkamiz asosiy to'rga yo'l oldi
Ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi va uchinchi raqamli tennis malikalari - Kamilla Rahimova hamda Polina Kudermetova ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Rahimova reytingdagi o'rniga bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'r bahslariga kirishsa, Kudermetova saralash turniri orqali asosiy to'rga yo'llanma oldi.
O'zbekistonning uchinchi raketkasi saralashning finalida WTA reytingida 1253-pog'onada borayotgan va saralashga imtiyozli yo'llanma (WC) asosida qo'yilgan kanadalik Averi Aleksanderni biroz qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. Har ikki tennischi ham 2 tadan eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Polinada ikki barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 3.
Ayni paytda WTA reytingida 108-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz ertaga asosiy to'rning 1/64 finalida dunyoning 89-raketkasi, rossiyalik 19 yoshli Alina Korneevaga qarshi kortga chiqadi. Kamilla Rahimova esa bugun ilk davrada amerikalik mashhur tennischi Vinus Uilyams bilan hisob-kitob qiladi.

Fikrlar